You are currently viewing Yoshlar muammolari tinglandi

Yoshlar muammolari tinglandi

    Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev raisligida “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risida videoselektor yig‘ilishida yoshlar bilan ishlashning mutlaqo yangicha tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda o’rganish bo’yicha topshiriqlar berilgan edi.

    Shu bois, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali rahbar xodimlari tibbiy muolajaga, ijtimoy ko’makka hamda ish o’rinlarini topishga muhtoj  mazkur yoshlarning hayotda o’z o’rinlarini topishga ko’mak berish maqsadida 50 nafar yoshlar bilan ishlash hamda mavjud muammolarini o’rganib chiqishdi.

    Shuningdek, muammolarni o’rganish jarayonida mazkur yoshlarga bugungi kunda ularning davlatimiz rahbari e’tiborida ekanligi, mavjud muammolarini hal qilish bo’yicha yaqindan yordamlar berib borilishi haqida aytib o’tildi.