You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali delegatsiyasi Hindistonning Hyderabad shahrida

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali delegatsiyasi Hindistonning Hyderabad shahrida

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali delegatsiyasi Hindiston shifokorlar uyushmasi raisi Dr. Divya Raj Reddy hamrohligida filial hamda tibbiyot muassasalari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish va xalqaro aloqalarni o‘rnatish maqsadida Hyderabad shahriga tashrif buyurdi.

    Tashrif chog‘ida delegatsiya mahalliy tibbiyot mutaxassislari bilan samarali muzokaralar olib borishdi.

   Hamkorlikning asosiy maqsadlaridan biri professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun qo‘shma amaliyot dasturlar, o‘quv va amaliyot dasturlarini yaratishdan iboratdir.

    Jigar, buyrak, yurak, oshqozon osti bezi va Orol hujayralari kabi turli organlarning transplantatsiyasini amalga oshirishga ixtisoslashgan Hyderabadning taniqli tibbiyot muassasasi bo’lgan AIG klinikasidagi yaratilgan sharoitlar va  unda sakkizta asosiy yo’nalish tibbiy va jarrohlik gastroenterologiya, gepatologiya, organ transplantatsiyasi, pulmonologiya, nefrologiya, onkologiya, kardiologiya va semirish va metabolik kasalliklarni davolash bo’yicha keng ko’lamli tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali shifokorlari bilim va ko’nikmalarini kengaytirish va amaliyotga taqdim etib, viloyatimizda bemorlarga sifatli tibbiy xizmat ko’rsatish imkonini beradi.

 Ushbu hamkorliklar har ikki regionning tibbiyot muassasalari bilan bilim va ilg’or tajribalar almashishga hamda rivojlanishiga sharoit yaratadi.