You are currently viewing Hindiston tibbiyot muassasalariga tashrif davom etmoqda

Hindiston tibbiyot muassasalariga tashrif davom etmoqda

    Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori Furqat Otamuradov boshchiligidagi delegatsiyaning bugungi tashrifi Аgra shahridagi «FH Medical College» muassasasiga bo’ldi.

     Hindistonning nufuzli o‘quv muassasalaridan biri hisoblanmish «FH Medical College» bilan hamkorlik memorandumi imzolanar ekan, ushbu muassasada qo’shma o‘quv dasturi doirasida professor-o’qituvchilar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish hamda filialda tahsil olayotgan xorijlik talaba-yoshlarning yozgi amaliyotlarini o’tashga kelishib olindi.

     Hindiston tibbiyot muassasalari bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik o‘zaro aloqalarning sur’atiga mos ravishda jadal rivojlanib bormoqda. Hindistonlik talabalarning filialda tahsil olishayotgani respublikamizdagi ta’lim sifati ilg‘or davlatlar ta’lim darajasiga mos ekanligini ko‘rsatadi.

     Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni tobora kengaytirish borasida samarali ishlarni olib borayotgani viloyatda sog‘liqni saqlash sohasini yangi bosqichga olib chiqish hamda ta’lim darajasi nufuzining yanada yuksalishiga zamin yaratmoqda.