You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali bir guruh professor-o’qituvchilari va talabalari Turkiya Respublikasi Anqara universitetiga jo’nab ketishdi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali bir guruh professor-o’qituvchilari va talabalari Turkiya Respublikasi Anqara universitetiga jo’nab ketishdi

    Joriy yilning iyun oyida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali va Ankara universiteti o’rtasida hamkorlik memorandum imzolangan edi.

    Shu munosabat bilan filialning bir guruh professor-o’qituvchilari va iqtidorli talabalari «Akademik mobillik doirasida tashkil etilgan o’quv dasturi»da ishtirok etish maqsadida Ankara universitetining tibbiyot fakultetiga yetib borishdi.

     Filial jamoasini Ankara universitetining tibbiyot fakulteti professori Dr. Esra Erdemli kutib oldi va tibbiyot fakulteti haqida ma’lumotlar berib o’tdi.