You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali delegatsiyasining navbatdagi tashrifi Germaniyadagi Dusseldorf universitetiga qarashli klinikaga bo‘ldi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali delegatsiyasining navbatdagi tashrifi Germaniyadagi Dusseldorf universitetiga qarashli klinikaga bo‘ldi

     Delegatsiya aʼzolarini klinikaning bosh shifokori Prof. Dr. med. W.T.Knoefel kutib oldi va ilk tashrif klinikaning jonlantirish bo‘limidan boshlandi. Shuningdek, jonlantirish bo‘limi boshlig‘i Dr.Timo Brandenburger ushbu bo‘limdagi barcha shart-sharoitlar, bemorlar bilan ishlash qoidalari, diagnostika va davolash usullari bilan tanishtirdi.   

    Keyingi tashrif klinikaning jarrohlik bo‘limida bo‘lib o‘tdi. Filial direktori F.Otamuradov jarrohlik amaliyotlarida qatnashib ushbu bo‘limdagi barcha shart-sharoitlar va dunyo standartlariga javob beradigan so‘ngi amaliyotlar bilan tanishdi.  

      Shuningdek, delegatsiya aʼzolari tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘limida ham bo‘lishdi. U yerda ham bemorlarga qay tarzda tez tibbiy yordam ko‘rsatilishi, qaysi so‘ngi tibbiy jihozlardan foydalanilishi va shifoxona tizimi haqida maʼlumotlar berildi.

     Klinikaga bo‘lgan tashrif so‘ngida klinika rahbariyati va filial direktori F.Otamuradov professor-o‘qituvchilar hamda talabalar o‘rtasida akademik mobillik, stajirovka hamda malaka amaliyotini Dusseldorf universiteti klinikasida o‘tashlari bo‘yicha kelishib olishdi.