You are currently viewing Xalqaro tibbiyot oliy maktab universitetining 20 yilligiga bag’ishlangan «Morfologiya» bo’yicha o’tkazilgan III-xalqaro talabalar olimpiadasi  bo’lib  o’tdi.

Xalqaro tibbiyot oliy maktab universitetining 20 yilligiga bag’ishlangan «Morfologiya» bo’yicha o’tkazilgan III-xalqaro talabalar olimpiadasi bo’lib o’tdi.

   Kuni kecha TTA Termiz filiali «Anatomiya va klinik anatomiya» kafedrasi mudiri t.f.n., D.Hojiyev, «Otorinolaringologiya, oftalmologiya, onkologiya va tibbiy radiologiya» kafedrasi assisenti Sh.Qaxxorov hamda bir guruh talabalar Qirg’iziston davlatining Xalqaro tibbiyot oliy maktab universitetiga jo’nab ketishgan edi.

    Akademik mobillik doirasida D.Hojiyev va Sh.Qaxxorov tomonidan Qirg’iziston davlat akademiyasi va Xalqaro tibbiyot oliy maktab universiteti talabalari uchun dars o’tib berildi va tashakkurnoma hamda sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

    Shuningdek, Xalqaro tibbiyot oliy maktab universitetining 20 yilligiga bag’ishlangan «Morfologiya» bo’yicha o’tkazilgan III-xalqaro talabalar olimpiadasi bo’lib o’tdi.

     Unda TTA Termiz filiali talabalaridan tashkil topgan jamoa faol ishtirok etishdi.

  Jumladan, 2-son Davolash ishi fakulteti talabalari H.Abdurahmonova, A.Bardin, Sh.Amirova, T.Bahodirjonovlar faol ishtirok etishib, o’z bilimlari va intilishlari bilan faxrli 2-o’rinni egallashdi.

   TTA Termiz filiali jamoasi nomidan talabalarimizni ushbu yutuqlari bilan muborakbod etamiz va kelgusida bundanda katta yutuqlarga erishishlarini tilab qolamiz!