You are currently viewing Tajriba  almashish muhim jarayon

Tajriba almashish muhim jarayon

      Ish samaradorligini oshirishda o‘zaro tajriba almashish muhim o‘rin tutadi.

     Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Tibbiy va biologik kimyo kafedrasi katta o’qituvchisi F.A.Umarov hamda Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti biologik kimyo kafedrasi b.f.n. dots.nt Barinova Oksana Vladimirovna ishtirokida pediatriya yo’nalishi 103-b guruhida “Poli- va geterofunksional birikmalar metabolitlar hamda dorivor moddalar sifatida” mavzusida integral amaliy mashg‘ulot darsi bo’lib o’tdi.

    Amaliy mashg‘ulotda aksariyat slaydlar grafik, tasvirlar, algoritmlar bilan boyitilgan. Ma’lumotlar zamonaviy tavsiyalarga asoslangan.
     Jarayonda talabalar o‘zlariga kerak bo‘lgan ma’lumotlarni olishdi.
    O‘qituvchilar bir- birlarining ish faoliyatlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu esa ta’limning samaradorligiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.