You are currently viewing «Talant shou” tanlovining final bosqichi

«Talant shou” tanlovining final bosqichi

Talaba-yoshlarning o‘z iqtidorlarini erkin ko‘rsata olishi maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tomonidan “Talant shou” tanlovi tashkil etildi.

Ushbu tanlovda filial talaba-yoshlari o‘zlarining ashula aytish, aktyorlik, raqqosalik, dizaynerlik va boshqa ko‘plab qobilaytlarini namoyish qilishdi.

Kecha Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali ARM da “Talant shou” tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Hakamlar hayati baholariga ko’ra tanlov natijalari:

  1. 🥇To‘raxonov Jumanazar Toshmuhammadovich
  2. 🥈Xo‘jaqulov Jahongir Xurshid o‘g‘li
  3. 🥉Abdug‘aniyeva Muslima Qamariddin qizi

Ushbu tanlovda g‘olib bo‘lgan talabalar sertifikat va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.