You are currently viewing “Ma’naviyat sektori” Angor tumani misolida Press tur

“Ma’naviyat sektori” Angor tumani misolida Press tur

   Ma’naviyat millatni taraqqiyotga yetaklovchi, davlatning qudratini oshiruvchi muhim omil sanaladi. Zero, insonning jamiyatdagi o‘rni uning moddiy boyliklari bilan emas, balki yuksak ma’naviy qiyofasi bilan belgilanadi.

    Ma’lumki, davlatimiz rahbarining 2023 yil 16-17 noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida bildirgan taklifi asosida “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etish bo‘yicha “Surxondaryo tajribasi”ni yaratish vazifasi belgilab berildi. Ushbu vazifa ijrosi doirasida joylardagi Ma’naviyat va ma’rifat Kengashlarining ishchi tuzilmasi sifatida hududlardagi 4 ta sektorga qo‘shimcha 5-sektor, ya’ni, “Ma’naviyat sektori” tashkil qilinyapti.

   Mazkur “Ma’naviyat sektori”da tashkilot, korxonalarning mas’ul rahbarlari, ziyolilar 15 ta hududga biriktiriladi va har bir hududning ijtimoiy-­ma’naviy xaritasi ishlab chiqiladi. Sektor jamiyatdagi mavjud muammolarga tizimli yondashadi hamda muvofiqlashtiruvchi tuzilmaga mas’ul va javobgar organ hisoblanadi.

   Surxondaryo viloyati, xususan, Angor tumanida ham “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etish bo‘yicha sa’y-harakatlar olib borilmoqda.

   Toshkent tibbiyot akdemiyasi Termiz filiali direktori Furqat Otamuradov boshchiligida ishchi guruh Angor tumanidagi 18- umumta’lim maktabi, maktabgacha ta’lim muassasasi, qishloq vrachlik punkti hamda “Monamarkaz”da “Ma’naviyat sektori” faoliyatini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

   O‘rganish jarayonida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda “Ma’naviyat sektori” faoliyati muhim ekanligi ta’kidlanib, mas’ullarga sektor faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.