You are currently viewing Xalqaro hamkorlik

Xalqaro hamkorlik

Kecha Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga Germaniya mamlakatidan “Globogate Concept AG” kompaniyasining biznesni rivojlantirish rahbari Dr. Johannes ,“Globogate Concept AG” kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy vakili, tarjimon T. Ro‘ziboev hamda tashqi mehnat migratsiyasi agentligining salohiyatli ish beruvchilarni izlash va tashkiliy ishga joylashtirish boshqarmasi, Yevropa, Amerika va Kanada bo‘limi bosh mutaxassisi B. Yo‘ldashovlar tashrif buyurdi.

Nufuzli mehmonlarni filial direktori, direktor o‘rinbosarlari, xalqaro bo‘lim boshlig‘i, dekan hamda dekan o‘rinbosarlari kutib olishdi.

Shundan so‘ng filial majlislar zalida tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Shveysariyaning “Globogate Concept AG” tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali o‘rta tibbiyot xodimlarini Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb qilish dasturi borasida muzokara o‘tkazildi.

Bundan tashqari filialda nemis tili kurslarini tashkillashtirish borasida fikr – mulohazalar aytildi. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar TTA Termiz filial o‘quv jarayoni, simulyasion xonalari bilan tanishishdi.