You are currently viewing Kafedralararo hamkorlik

Kafedralararo hamkorlik

TTA Termiz filiali tibbiy psixologiya, nevrologiya va psixiatriya kafedrasi mudiri PhD D.Iskandarova Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institutidagi nevrologiya va psixiatriya kafedrasiga tashrif buyurdi.

Tashrifdan maqsad kafedralar aro o’zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishdir.

Tashrif davomida D.E.Iskandarova tomonidan xalq tabobati fakulteti 4 bosqich talabalariga «Epilepsiya va paroksizmal holatlar» mavzusida ochiq ma’ruza olib borildi.

Bundan tashqari Farg’ona jamoat salomatligi instituti nevrologiya va psixatriya kafedrasi mudiri PhD Alfiya Rashidovna bilan birgalikda  «Depressiya» mavzusida integral seminar mashg’uloti o’tkazildi.

Shuningdek, D.Iskandarova bilan Andijon davlat tibbiyot instituti Nevrologiya kafedrasi mudiri PhD Oybek Yakubovich tomonidan kelgusidagi kafedralararo hamkorlik va ilmiy loyihalarni amalga oshirish borasida rejalar belgilab olindi.