You are currently viewing TTATF direktori boshchiligidagi filial professor- o‘qituvchilari yangi loyiha taqdimotida ishtirok etishdi.

TTATF direktori boshchiligidagi filial professor- o‘qituvchilari yangi loyiha taqdimotida ishtirok etishdi.

Kecha Germaniyaning “KfW” banki ishtirokida Termiz shahrida “O‘rta tibbiyot xodimlarni tayyorlash bo‘yicha ta’lim tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot tadbiri Germaniya Xalqaro hamkorlik tashkiloti(GIZ)dan Cornelia Besker, Germaniya xalqaro hamkorlik bo‘lim boshlig‘i Dr.Michael Wimmer kabi soha mutaxassislari, viloyat hokimligi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda TTATF hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda TTATF direktori boshchiligidagi professor – o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Bu kabi tadbirlarning o‘tkazilishi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichi bo‘libgina qolmay, ko‘plab yo‘nalishlarda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini yaratishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.