You are currently viewing 9- aprel – Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun.

9- aprel – Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun.

Mashhur davlat arbobi, O‘rta asrlar islohotchisi, sarkarda, adolat uchun tolmas kurashchi, ilm-fan va madaniyat rahnamosi Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan TTA Termiz filialida »Buyuk ajdodimiz- bizning faxrimiz» mavzusida ma’naviy ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

 Tadbir filial maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, dekan oʻrinbosarlari, tyutorlar hamda pediatriya fakulteti koordinatori bilan hamkorlikda oʻtkazildi.

Tadbirda so‘z olganlar Temur tuzuklarining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan she’rlar aytildi, asarlardan parchalar keltirildi.

Shuningdek, tadbirda Amir Temur hayoti va Temur tuzuklari kitobidan savol-javob viktorinasi bo‘lib o‘tdi. Tanlov so’ngida g‘oliblar sertifikat bilan taqdirlandi.