You are currently viewing Konferensiya tafsilot

Konferensiya tafsilot

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali mikrobiologiya, jamoat salomatligi, gigiyena va menejment kafedrasi tashabbusida tashkil etilgan konferensiyada Respublikamizning turli tibbiyot muassasalari bilan bir qatorda AQSh, Yaponiya, Rossiya kabi mamlakatlardan ham soha mutaxassislari onlayn hamda oflayn ishtirok etishdi.

Ushbu ilmiy – amaliy anjumanda “O‘zbekistonda dorilar xavfsizligini o‘rganishning dolzarb muammolari”, “Reproduktiv salomatlikni saqlashda tibbiyot xodimlarining roli”, “Aholining kasallanish darajasiga tashqi muhit ifloslanishining ta’siri” kabi tibbiy profilaktika sohasiga doir ma’ruzalar o‘qildi.

Mazkur konferensiya aholi orasida yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va jismoniy faollik darajasini oshirishga targ‘ib qilish bilan ahamiyatli bo‘ldi.