You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida quyosh fotoelektr stansiyasi  o’rnatildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida quyosh fotoelektr stansiyasi o’rnatildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarini joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining tegishli binolariga jami 240.0 kVt quvvatdagi tarmoq quyosh fotoelektr stansiyasi o‘rnatildi.

     Ushbu stansiya Davlat Bojxona qo‘mitasining “Yashil energiya” platformasiga kiritilib, hozirgi kunda qayta tiklanuvchi energiya manbalari obyektlaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi filialning elektr energiyaga bo’lgan ehtiyojini qoplamoqda, shuningdek, filial ehtiyojidan ortgan qismini sotish bо‘yicha shartnomalar tuzildi.

    Endilikda elektr energiyasidan tejab qolingan mablag‘lar filialning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga, o‘quv-auditoriyalari, klinik bazalari hamda laboratoriya xonalarini jihozlashga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.