You are currently viewing Ataturk universiteti

Ataturk universiteti

      Habaringiz bor, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali bir guruh talabalari Turkiya Respublikasi Erzurum shahrida joylashgan Ataturk universitetiga akademik mobillik doirasida yozgi amaliyotni o’tash maqsadida jo’nab ketishgandi.

       Amaliyotning ilk kunida, Ataturk universiteti rahbariyati tomonidan filialimiz talabalari o’zlari istagan bo’limlariga biriktirilib, ularning amaliyot o’tashlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berildi.

  Shuningdek, xirurgiya bo’limida talabalar jigar transplantatsiyasi operatsiyasi, xoletsistektomiya laparoskop yordamida o’tkazilgan operatsiyalarda ishtirok etishdi. Qolgan talabalar esa akusherlik va ginekologiya bo’limda amaliyot o’tashmoqda.