You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali bir guruh talabalari «Daegu Haany University» da akademik mobillik almashinuv dasturida ishtiroki davom etmoqda

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali bir guruh talabalari «Daegu Haany University» da akademik mobillik almashinuv dasturida ishtiroki davom etmoqda

     Professor Jaegal talabarimizga semizlikni davolashning  tabiiy usullari va semizlikning sabablari shuningdek, ularni kelib chiqish sabablari haqida  bundan tashqari, semizlikning dunyo boʻylab uchrash chastotasi misolida uning sabablarini mamlakatlar kesimi bo’yicha alohida aytib o’tildi.

      Professor talabalarimiz bilan birgalikda Korea tibbiyotida semizlikni oldini olish uchun tabiiy o’simliklardan damlamalar tayyorlashdi.

     Daegu Haany universitetining professor-o’qituvchilari tomonidan (Lee Hyujong, Chanik Park va boshqalar) talabalarimizga Kosmetologiya va farmatsevtika sohasida yaratilgan turli o‘quv adabiyotlari va mahsulotlar namoyish etildi. Aromaterapiyadan foydalanish imkoniyatlari va turli yoshdagi odamlarda terini parvarishi ko’rsatildi.

     Qolaversa, qarishga qarshi kosmetikadan foydalanish nazariyasi va amaliy mashg‘ulotlar barcha talabalarda katta qiziqish o’yg’otdi. Talabalarimiz nisbatlarga rioya qilgan holda va tanlagan xushbo’y hidni qo’shib, kremlarni o’zlari tayyorladilar.