You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori F.Otamuradov boshchiligidagi delegatsiyaning Germaniyaga safari davom etmoqda

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori F.Otamuradov boshchiligidagi delegatsiyaning Germaniyaga safari davom etmoqda

    Filial delegatsiyasining keyingi tashrifi «Heinrich Heine» nomidagi Dusseldorf universiteti tibbiyot fakultetiga bo‘ldi. Delegatsiya aʼzolarini fakultet dekani Prof. Dr. Caspers kutib oldi va universitet infratuzilmasi bilan tanishtirdi.

       Uchrashuv davomida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali va «Heinrich Heine» nomidagi Dusseldorf universitetining tibbiyot fakulteti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, talabalar va professor-o‘qituvchilar orasida akademik mobillik, amaliyot va tajriba almashinishni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi .