You are currently viewing TTATF xotin-qizlar kengashi raisasi Forum ishtirokchisi

TTATF xotin-qizlar kengashi raisasi Forum ishtirokchisi

   Buxoro davlat universitetida “Xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari va gender madaniyati” mavzusida Respublika oliy ta’lim muassasalarining xotin-qizlar maslahat kengashi raislari ishtirokida o’quv seminari hamda Forum bo‘lib o‘tmoqda.

   Yurtimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlarni keng targ‘ib etish, yoshlarni milliy qadriyatlar asosida oilaviy hayotga tayyorlash, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik, zo‘ravonlikka barham berishda o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashkil etilgan seminarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali xotin-qizlar maslahat kengashi raisasi Gulnora G‘ozieva ham faol ishtirok etmoqda.