You are currently viewing Texnikumlar bilan hamkorlik

Texnikumlar bilan hamkorlik

    TTA Termiz filialiga biriktirilgan texnikumlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish va yanada rivojlantirish maqsadida filialning professor-o’qituvchilari tomonidan Denov Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida o’qituvchilari o’rtasida hamkorlik aloqalari o’rnatildi.

    TTA Termiz filiali «O‘zbek va xorijiy tillar» kafedrasi mudiri Z.Berdiyeva tomonidan Denov Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida faoliyat olib borayotgan o’qituvchilar bilan  o’quv-uslubiy va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari bo’yicha muntazam hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yilishi xususida suhbat o’tkazildi.