You are currently viewing TTA Termiz filiali psixologi G.G’oziyeva tomonidan filialning texnik xodimlari ishtirokida psixologik trening bo’lib o’tdi

TTA Termiz filiali psixologi G.G’oziyeva tomonidan filialning texnik xodimlari ishtirokida psixologik trening bo’lib o’tdi

      Unda har bir xodiming individual–psixologik xususiyatlari, chidamlilik, bardoshlilik va boshqa irodaviy sifatlari, o‘zining muammolarini anglash, o‘ziga xos yo‘l topish, harakatlariga to‘g‘ri baho berishni shakllantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

     Filial psixologi tomonidan psixologik trening davomida, jamoada ijtimoiy ma’naviy ruhiy muhitni yanada yaxshilash, doimiy charchoq, ishonchsizlik, tushkunlik kabi salbiy holatlarni bartaraf etish yuzasidan muhim ma’lumotlar berildi.